Shavkat Mirziyoyev 2025-yilgi Davlat budjetini tasdiqladi

eʼlon qilindi
Qonunning asosiy maqsadi 2025-yilda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat
Foto: golib.tolibov.gmail.com / www.depositphotos.com

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti 2025-yil davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Qonun 2024-yil 3-dekabrda Qonunchilik palatasida, 18-dekabrda esa Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunning asosiy maqsadi 2025-yilda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni moliyalashtirish va infratuzilmani rivojlantirish rejalashtirilgan.

Budjet mablagʻlari faqat 2025-yil uchun sarflanishi lozim, keyingi yilga oʻtkazilmaydi. Mahalliy budjetlarga yordam sifatida transferlar belgilangan va kamaytirilishi taqiqlanadi. Davlat qarzlarini jalb qilish uchun limit $5,5 milliardga belgilandi. Soliqlar va yigʻimlarning bir qismi mahalliy budjetlarga toʻliq oʻtkaziladi.

Qonun ijrosi uchun mas’ullar maxsus hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etishlari kerak. Moliyaviy qonunbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgan. Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiz Uzbekistan energetika sektoriga subsidiyalar 2028-yilda toʻxtatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek