Ilon Mask 2025-yil oxiriga kelib sun’iy intellekt inson qobiliyatidan oshib ketishini aytdi

eʼlon qilindi
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektning 2027–2028-yilga kelib, barcha odamlardan ustun bo‘lishi ehtimoli tobora ortib bormoqda
Foto: AFP

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2025-yil oxiriga borib sun’iy intellekt inson qobiliyatidan oshib ketishini aytdi. Bu haqda u o‘zining X tarmog‘ida malum qildi.

«2025-yil oxiriga kelib suniy intellekt har qanday odamdan, ehtimol, 2027–2028-yilga kelib, barcha odamlardan ustun boʻlishi ehtimoli tobora ortib bormoqda. 2030-yilga borib suniy intellekt barcha odamlar intellektidan ustun boʻlishi ehtimoli 100 foizni tashkil etadi», – deb yozgan u.

Eslatib oʻtamiz, tadbirkor boyligi $400 milliarddan oshgan birinchi shaxs sifatida tarixga kirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun $260 million sarflagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek