Gretsiyada elektr transport vositalari tufayli tirbandlik yuzaga keldi

eʼlon qilindi
Tirbandlikning asosiy sababi elektr transport vositalaridagi texnik nosozliklar bo‘ldi

Foto:tvStar.gr

Rojdestvo bayrami arafasida Gretsiyaning Arachova tog‘-chang‘i kurorti yaqinida besh kilometrlik tirbandlik yuzaga keldi. Tirbandlikning asosiy sababi elektr transport vositalaridagi texnik nosozliklar bo‘ldi.

Hududdagi past haroratlar elektr avtomobillarning akkumulyatorlarini tezroq bo‘shatib qo‘ygan. Natijada bir nechta avtomobil harakatsiz qolib, yo‘lda tirbandlik keltirib chiqardi. Gretsiya politsiyasi elektr transport vositalarini tirbandlik uchun javobgar deb atadi.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, ko‘plab avtomobillar qor zanjirlari bilan jihozlanmagan edi. Bu esa mintaqada qiyin ob-havo sharoitida vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda elektro skuter ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek