Yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati baholanadi
Foto: Toshtrans.uz
Hukumat qarori bilan avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, hududlarning jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi va baholanadi.
Transport xizmatlari sifati bo‘yicha hududlarning reytinglari tuziladi. Reyting natijalari mahalliy ijro organlari rahbarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilashda hisobga olinadi.
Transport vazirligi har ikki yilda yo‘lovchi tashish xizmatlarini baholash dasturini tasdiqlaydi. Baholash dasturi 1-fevralgacha ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2025-yil 1-noyabrgacha hokimliklar bilan hamkorlikda shaharlarning transport xizmatlari sifati baholanadi. Baholash natijalari 2025-yil 10-noyabrgacha e’lon qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahrida bayramona bezatilgan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.