Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonining sotuvga chiqish sanasini ma’lum qildi

5-yanvar 2025 13:49 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Unsplash

Samsung kompaniyasi 22-yanvar kuni Galaxy Unpacked tadbirida Galaxy S25 smartfonini taqdim etadi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oldindan buyurtmalar 2025-yil 24-yanvardan tadbirdan atigi ikki kun oʻtib boshlanadi va 4-fevralgacha ochiq qoladi. Avvalgi yillardagi kabi Samsung turli imtiyozlar, jumladan, aksessuarlar uchun chegirmalar, xotirani yangilash va faqat oʻz veb-saytida mavjud boʻlgan eksklyuziv ranglarni taklif qilishi kutilmoqda.

Yangi telefonlarga, jumladan, Galaxy S25 Ultra, S25+, S25’ga oldindan buyurtma berish muddatidan soʻng 2025-yil 7-fevralda rasman sotuvga chiqariladi.

Samsung Galaxy S25 Ultra yanada yumaloq burchakli yangi dizaynga ega bo‘lib, undan foydalanish yanada qulayroq bo‘ladi. Ekran 6,8 dyuymli bo‘lib qoladi, ammo ramka sezilarli darajada kichiklashadi, bu esa oldingi modelga nisbatan kichikroq o‘lchamga olib keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S25 Ultra 16 GB operativ xotiraga ega boʻlishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek