United Airlines parvozlarida Starlink Wi-Fi xizmatlari ishga tushadi

eʼlon qilindi
Hawaiian Airlines va JSX aviakompaniyalari ham ushbu xizmatni taqdim etmoqchi
Foto: David Zalubowski/AP

Ilon Maskning Starlink Wi-Fi tizimi bahorgacha United Airlines parvozlarida joriy etiladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, United fevral oyida Starlink’ni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lib, ilk tijorat parvozi bahorda Embraer E-175 samolyotida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya 2025-yil oxiriga qadar barcha mintaqaviy ikki sinfli flotini Starlink bilan jihozlashni, yil oxirigacha esa asosiy yo‘nalishdagi ilk samolyotini xizmatga tayyorlashni maqsad qilgan. MileagePlus dasturi a’zolari Starlink xizmatidan, jumladan, streaming, o‘yin va xarid qilish imkoniyatlaridan bepul foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

United bilan birga boshqa aviakompaniyalar, masalan, Hawaiian Airlines va JSX ham Starlink xizmatlarini taqdim etmoqda. Delta va JetBlue esa o‘zining bepul Wi-Fi xizmatlarini allaqachon yo‘lovchilariga taklif qilmoqda.

Starlink’ning parvozlarda keng joriy etilishi yuqori tezlikdagi internetni aviatsiya sohasida yangi darajaga olib chiqmoqda. Bu esa Muskning texnologiya sohasidagi ta’sir doirasi yana bir bor kengayganidan dalolatdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yildagi eng punktual aviakompaniya va aeroportlar reytingini e’lon qilgan edik.

Shuningdek