Donald Trampning o‘g‘li Grenlandiyani sotib olmoqchi

eʼlon qilindi
Grenlandiyaning mustaqil bo‘lmoqchiligiga qaramasdan
Foto: EMIL STACH/AFP/Ritzau Scanpix/AFP via Getty Images

Donald Tramp Jr. Grenlandiyaga tashrif buyurib, bu safarni «qiziqarli tajriba» deb atadi. Biroq bu tashrif otasi, AQSh prezidentligiga saylangan Donald Trampning Arktika hududiga nisbatan rejalari haqida savollarni kuchaytirdi, deb yozadi CNN.

Unga ko‘ra, Tramp Grenlandiyani sotib olishni AQSh xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligi uchun zarur degan fikrda.

Ma’lumot uchun, Grenlandiya dunyodagi eng katta orol va noyob tabiiy resurslar, jumladan, noyob yer metallari bilan boy orol hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi muzlarning erishini jadallashtirib, bu resurslarni qazib olishni osonlashtirishi mumkin. Biroq Daniya va Grenlandiya hukumatlari orolning sotilishiga keskin qarshilik bildirishgan.

Grenlandiya mustaqillikka erishishga intilayotgan bo‘lsa-da, Daniyadan keladigan moliyaviy yordamga hali-hanuz qaram bo‘lib qolmoqda. Trampning rejalari qanchalik amalga oshishi esa hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grenlandiya Daniyadan mustaqil bo‘lib chiqmoqchiligi haqida yozgan edik.

Shuningdek