Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Ularning qanday talablarga javob berishi lozimligi ochiqlandi
Foto: Pexels.com

Hukumat qarori bilan «Turistik klasterlarni tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, turistik klaster maqomi turistik xizmatlar va turistlar ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar va tadbirkorlar majmuiga beriladi. Turistik klaster maqomi guvohnoma berilgan paytdan e’tiboran amalga oshiriladi. Turizm qo‘mitasi mazkur maqomni berish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilangan.

Arizalar elektron yoki pochta orqali qabul qilinadi. Turistik klaster maqomini olish uchun turoperator, mehmonxona, transport va xizmatlarni to‘liq qamrab olish, 40 nafar mehmonga mo‘ljallangan joylashtirish vositasi va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotuvchi savdo nuqtasi mavjud bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek