IT Park rezidentlari sonini uch mingtagacha yetkazmoqchi

eʼlon qilindi
2025-yil oxiriga qadar
Foto: IT Park

IT Park rezidentlari sonini uch mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda kelgusi yilgi davlat dasturi loyihasida qayd etildi.

Shuningdek, kamida 250 ta kompaniya eksport uchun xizmatlar ko‘rsatishi, jumladan 50 ta xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniya bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning uchinchi choragi yakunida IT Parkda 2,4 mingta rezident ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Shu bilan birga, IT Park rezidentlarining dasturiy mahsulotlari va xizmatlarining umumiy qiymati yil oxirigacha 20 trln so‘m darajasida rejalashtirilmoqda.

2025-yil dekabr oyiga qadar hukumat IT Park rezidentlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan cheklovlarni aniqlaydi. Muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Avvalroq, Binghalib Group biznesining katta qismini BAAdan Oʻzbekistonga ko‘chirishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek