«Tashabbusli budjet» loyihasining 2025-yilgi mavsumlari qachon start oladi
eʼlon qilindi
Loyiha mavsumlari fevral va avgust oylarida boshlanadi
2025-yilda tashkil etiladigan «Tashabbusli budjet»ning ikki mavsumi haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, loyihaning birinchi mavsumi fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tadi. Loyihalarni kiritish 1 – 20 fevralda, ularga ovoz berish jarayoni esa 11 – 20 mart kunlarida amalga oshiriladi.
Loyihaning ikkinchi mavsumi iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. Loyihalarni kiritish 15-iyuldan 3-avgustgacha, ovoz berish esa 22-avgustdan 31-avgustgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan yilgi «Tashabbusli budjet»da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topilgan edi.