2030-yilga borib Toshkent viloyati to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Yangiliklar muharriri
Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 79,9%ni tashkil etadi
Foto: Pexels.com

2030-yilgacha Toshkent viloyatini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ushbu maqsad uchun 287,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi, deb xabar berdi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

Loyiha doirasida 554,5 km ichimlik suvi tarmoqlari tortilishi va 76 ta infratuzilma obyekti qurilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yil boshiga kelib viloyat aholining 79,9% ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, eng past ko‘rsatkichlar Quyi Chirchiq (54,2%) va O‘rta Chirchiq (55,1%) tumanlarida kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil davomida issiqlik va issiq suv tariflari ikki marta oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek