Olaf Shols Ukrainaga 3 milliard yevro yordamni rad etdi
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga qo‘shimcha 3 mlrd yevro miqdoridagi qurol-yarog‘ yordam paketini blokladi. Bu haqda Politico nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu taklifni tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va mudofaa vaziri Boris Pistorius ilgari surgan edi. Ular rejaning Ukraina uchun strategik ahamiyatini ta’kidlab, uchta Iris-T havo mudofaa tizimi, 10 ta gaubitsa va qo‘shimcha o‘q-dorilarni yetkazib berishni taklif qilishgan.
Biroq Shols hozirgi yordam miqdorini yetarli deb hisoblab, yangi moliyaviy majburiyatlar kelajakdagi hukumatni qiyin ahvolga solishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, saylov mavsumi yaqinlashgani sababli u mazkur qaror orqali saylovchilarni qo‘llab-quvvatlashni yo‘qotishdan xavotir bildirmoqda.
Shunga qaramay mudofaa vaziri Pistorius Germaniyaning Ukrainaga bo‘lgan qat’iy yordami davom etishini ta’kidlab, Iris-T tizimlari uchun 50 boshqariluvchi raketa jo‘natilishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bundestag Sholsga nisbatan ishonchsizlik votumini chiqargan edi.