Prada Versace’ni sotib olishi mumkin

eʼlon qilindi
2018-yilda ham Versace’ni sotib olishni o‘ylagan edi
Foto: Selfridges.com

Xalqaro moda sohasida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Prada guruhi mashhur Versace brendini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi, deya xabar berdi Il Sole 24 Ore.

Unga ko‘ra, Versace hozirda Capri Holdings kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u 2018-yilda brendni 1,83 mlrd yevroga sotib olgan edi.

So‘nggi yillarda Versace daromadlari kamaygan: 2023-yilda daromad 28% ga pasayib, $201 mlnga yetdi. Capri Holdings esa Versace va Jimmy Choo brendlarini sotish uchun Barclays investitsiya banki orqali potensial xaridorlarni izlamoqda. Prada bilan birga boshqa moda konglomeratlari va xususiy kapital fondlari ham ushbu jarayonda qatnashmoqda.

Mazkur bitim Prada uchun Italiyada hashamatli moda markazini yaratish imkonini beradi. Prada ilgari 2018-yilda ham Versace’ni sotib olishni o‘ylagan, biroq rad etgan edi. Bu safar qaror qanday bo‘lishi ko‘pchilikning diqqat markazida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prada va Axiom Space tomonidan NASA’ning oyga qo‘nish missiyasi uchun skafandr dizayni taqdim etilgan edi.

Shuningdek