Oʻzbekistonda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 31 trln soʻmga yetdi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Unsplash

2024-yilda Oʻzbekiston korxonalari tomonidan 31 trillion soʻmlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻtgan yili mamlakatga $1,3 milliardlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qildi. Tarmoqqa kiritilgan investitsiyalar hajmi esa $516 millionga yetdi.

«Oʻzeltexsanoat» uyushmasining rejalariga koʻra, bu yil $4 milliardlik 290 ta loyiha ishga tushiriladi. Elektrotexnika ishlab chiqarishni rivojlantirishga $600 million investitsiya jalb qilinadi.

Bunda mahalliylashtirish dasturlaridan foydalanish muhim. Masalan, bu yil mamlakatda $75 milliardlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shuning $28 milliardini mahalliy mahsulotlar hisobidan qoplash mumkin.

Shuningdek, endilikda tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish moʻljallanmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk soligʻidan ozod qilish taklif etilmoqda.

Ushbu tashabbuslar Ohangaron mis klasterida $68 millionlik, Qashqadaryo, Fargʻona va Urganchda $30 millionlik loyihalarni yaratish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OKMK joriy yilda misni qayta ishlash hajmini 60 million tonnaga oshirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek