Oliy sud Allamjonov xodimlari ishi bo‘yicha ochiq majlis o‘tkazadi
eʼlon qilindi
Ushbu ayblov bo‘yicha yetti fuqaro 15 sutkaga qamoqqa olingan edi
13-yanvar kuni soat 9:30 da O‘zbekiston Oliy sudi ochiq majlis o‘tkazadi. Majlisda Komil Allamjonovga suiqasddan so‘ng jamoat tartibini buzganlik ayblovi ko‘rib chiqiladi. Ushbu ayblov bo‘yicha yetti fuqaro 15 sutkaga qamoqqa olingan edi. Bu haqda Manba Telegram kanali ma’lum qildi.
Himoyachilar ushbu ayblovlarni soxta ekanini ta’kidlamoqda. Himoya tomoni videoyozuvlar va guvohlar ko‘rsatmalari ayblovlarning asossizligini ko‘rsatmoqda. Ta’kidlanishicha, hibsga olinganlar aybsizligini tasdiqlovchi yetarlicha dalillar mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd ishi bo‘yicha Harbiy sudda mahkama boshlangani haqida xabar bergan edi.