Shaxsni qiynoqqa solish holatlarini oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilinmadi

eʼlon qilindi
Majlisda qonun loyihasining ayrim atamalariga aniqlik kiritish zarurligi sababli, hujjat mas’ul qo‘mitaga qaytarildi
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida asosiy e’tibor shaxslarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga qaratildi:

  • Majburiy tibbiy ko‘rik: Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval uni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi.
  • Jarohat haqida xabar berish: Tibbiy ko‘rik davomida shaxsning tanasida jarohatlar yoki shikastlanishlar aniqlangan taqdirda, bu haqda darhol prokurorga xabar berish tartibi joriy etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasining ayrim atamalariga aniqlik kiritish zarurligi sababli, hujjat mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi mol-mulki yo‘q qarzdorlarning majburiyatlar reyestri joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek