Davlat bojidan ozod etiladigan subyektlar doirasi kengaytirildi

eʼlon qilindi
Sug‘urta qildiruvchilar uchun ham muhim yangilliklar joriy etildi
Foto: NataliMis / www.depositphotos.com

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga muhim qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar ma’muriy-hududiy birliklarning tuzilishi, chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgarishi sababli o‘z joylashuvini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar uchun qulayliklar yaratadi.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda, ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar uchun ham muhim yengilliklar joriy etildi. Majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan sug‘urta qildiruvchilar, jumladan, sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar va jabrlanuvchilar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o‘zgargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek