Istanbulda bir kunda 5 fuqaro qalbaki alkogoldan zaharlanib vafot etdi
eʼlon qilindi
2025-yil 14-yanvar kuni Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etgan 5 nafar yurtdoshimizning qarindoshlari murojaat qildi.
Mazkur noxush holatlar Istanbulning Aksaray tumanida sotib olingan sifatsiz spirtli ichimliklar iste’moli oqibatida yuzaga kelgani aniqlandi.
Vafot etganlarning barchasi 35 – 40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ular voyaga yetmagan farzandlarini yetim qoldirishdi.
Istanbul Bosh konsulxonasi fuqarolarni spirtli ichimlik iste’molidan tiyilishga, sifati noma’lum mahsulotlardan foydalanmaslikka va ehtiyotkorlikka chaqiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtofiribgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.