Mudofaa, iqtisodiyot va ilm-fan uchun: «Kosmik faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi

eʼlon qilindi
U rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi
Foto: milangucci / www.depositphotos.com

13-yanvar 2025-yilda O‘zbekistonda «Kosmik faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat xavfsizligini mustahkamlash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning kosmik faoliyatidagi asosiy maqsadlar qatoriga mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va xavfsizlikni ta’minlash kiradi.

Vazirlar Mahkamasi kosmik sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlashga mas’ul bo‘lib, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi esa ushbu faoliyatni tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat organi sifatida faoliyat yuritadi.

Mudofaa vazirligi esa kosmik texnologiyalardan, ayniqsa, harbiy sohada foydalanishni, kosmik tizimlarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishni davom ettiradi.

Kosmik tizimlarning turlari orasida Yer masofadan zondlash, kosmik monitoring, davlat kosmik monitoringi, kosmik aloqa tizimlari, yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi va boshqa ilmiy, iqtisodiy va ekologik maqsadlar mavjud.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Senat kosmik faoliyat sohasini tartibga soluvchi yangi qonunni ma’qullangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek