Toshkentdagi avtobuslarda ayol haydovchilar soni koʻpayadi
«Toshshahartransxizmat» AJ avtobus boshqaruvchi ayol haydovchilar sonini oshirishni reja qilmoqda. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» rahbari oʻrinbosari Rustam Shamuradov va Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Mirakbar Ikramov soʻzlariga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda avtobus haydovchilari orasida ikki nafar ayol haydovchi faoliyat yuritmoqda. Ular 67 va 51-sonli avtobus yoʻnalishlarida ishlaydi. Shuningdek, tashkilot ayol haydovchilar sonini koʻpaytirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, tashkilot hozir «D» va «E» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega ayollarni ishga olmoqchi. 2025-yilda 500 nafar ayolni haydovchilikka tayyorlab, 200 ta avtobusda faoliyat olib borishini rejalashtirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil Toshkent shahriga qoʻshimcha mingta avtobus olib kelinishi haqida xabar bergan edi.