Qozogʻistonlik mutaxassis Apple kompaniyasida rahbar lavozimini egalladi
Qozogʻistonlik mutaxassis Adilxan Kopabayev Appleʼning Markaziy Osiyo va Armanistondagi davlat organlari bilan hamkorlik boʻlimi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda u oʻzining Instagramdagi sahifasida maʼlum qildi.
Unga koʻra, 29 yoshli Kopabayev Apple korporatsiyasining Markaziy Osiyo va Armanistondagi davlat organlari bilan oʻzaro aloqalar va davlat siyosati boʻlimi rahbari boʻldi.
«Men Apple Inc. kompaniyasiga Markaziy Osiyo va Armanistonda davlat siyosati va hukumat aloqalari boʻlimi rahbari sifatida qoʻshilganimni mamnuniyat bilan maʼlum qilaman», — deb post qildirgan.
Maʼlumot uchun, Kopabayev 1995-yilda Qozogʻistonning Aktobe shahrida tugʻilgan. 2017-yilda Janubiy Koreyadagi Ulsan milliy fan va texnologiyalar institutini (UNIST) tamomlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Hindistonga iPhone eksportini oshirgani haqida xabar bergan edi.