Falastin prezidenti G‘azoni boshqarishga tayyorligini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Foto : lucidwaters / www.depositphotos.com

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon qilingach, G‘azo sektorini boshqarishga to‘liq tayyorligini bildirdi. Bu haqda Aljazeera agentligi xabar berdi.

Prezident Abbos Falastin hukumati tomonidan G‘azoda asosiy xizmatlarni tiklash, qochqinlarni qaytarish va urushdan zarar ko‘rgan hududlarni qayta qurish bo‘yicha tayyorgarlik tugallanganini ta’kidladi.

Abbosning bayonotiga ko‘ra, «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqilishi» zarur. Prezident ma’muriyati bu jarayonni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

HAMAS harakati 2007-yildan buyon G‘azoni nazorat qilib kelayotgan bo‘lsa-da, Abbos boshchiligidagi PA G‘arbiy Sohilni boshqaradi. Hozirgi paytda Isroilning urushdan keyingi boshqaruv bo‘yicha aniq rejasi mavjud emas, biroq Isroil rasmiylari HAMAS yoki PA boshqaruviga keskin qarshi chiqmoqda.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken avvalroq Falastin tomonidan G‘azoni boshqarish imkoniyati haqida fikr bildirgan. Bosh vazir Muhammad Mustafo esa G‘azodagi xizmatlarni tiklash uchun Falastin hukumati tomonidan 100 kunlik rejalar ishlab chiqilganini e’lon qildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga Rafah chegara punktida kuzatuv missiyasini qayta tiklash va G‘azoga yordam yetkazishni osonlashtirish bo‘yicha murojaat qilindi.

Muzokaralar davom etar ekan, Falastin hukumati G‘azo sektorini boshqarish va hududni tiklashda yetakchilikni o‘z zimmasiga olishga tayyor.

Avvvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek