Qozogʻiston kartoshka eksportini vaqtincha toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Tengrinews xabar berdi
Foto: Unsplash

Qozogʻiston hukumatining qaroriga koʻra, ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida kartoshka eksporti olti oyga cheklab qoʻyildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Qozogʻistonda kartoshka narxining keskin oshishi eksport hajmining ortishi bilan bogʻliq. Bu yil qoʻshni davlatlardan talab yuqoriligi sabab eksport hajmi 1,5 barobarga oshgan. Soʻnggi haftalarda ichki bozorda narxlar 170 tengedan 270 tengegacha (4 mingdan 6,5 ming soʻmgacha) koʻtarilgan.

16-yanvardan boshlab uchinchi mamlakatlarga eksport uchun fitosanitariya sertifikatlari berilishi toʻxtatildi. Ichki bozor uchun mavjud zaxiralar esa 850 ming tonnadan oshib, ehtiyojni toʻliq qoplashga yetarli ekani bildirildi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning yanvar – noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 627 ming tonna kartoshka import qilingan. Uning 74 foizi (465 ming tonna) Qozogʻiston tomonidan yetkazib berilgan.

Avvalroq «Kursiv» Qirgʻiziston Oʻzbekistonga kartoshka yetkazib berish hajmini oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek