O‘zbekistonda yangi GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etildimi

eʼlon qilindi
Agentlik tarqalgan xabarlarni rad etdi
Foto: Pexels.com

Fuqaro aviatsiyasi agentligi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda yangi GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani va Airbus-320 hamda Airbus-330 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekistonning fuqaro aviatsiyasi sohasida har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun har bir yuridik shaxs «O‘zaviatsiya» agentligidan havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish majburiyatiga ega. Sertifikat olingach, aviakompaniya maqomini olish mumkin va parvozlar amalga oshiriladi.

Hozircha «GAB Airlines» nomini olgan tashkilot «O‘zaviatsiya» agentligiga ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza bermagan va samolyotlarni sotib olish yoki ijaraga olish hujjatlarini taqdim etmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways samolyotida texnik nosozlik kuzatilgan edi.

Shuningdek