O‘zbekiston fuqarolarining chet elga turistik safarlari 29,2 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Chet elga safar qiluvchilar orasida Qirg‘iz Respublikasi eng ko‘p tashrif buyurilgan davlat
Foto: HayDmitriy / www.depositphotos.com

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida 6,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 29,2 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Chet elga safar qiluvchilar orasida Qirg‘iz Respublikasi eng ko‘p tashrif buyurilgan davlat bo‘lib, 2,88 mln nafar o‘zbekistonlik ushbu mamlakatga borgan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (1,2 mln nafar) va Qozog‘iston (956,5 ming nafar) joy olgan.

Shuningdek, Rossiyaga 308,2 ming nafar, Turkiyaga 229,3 ming nafar, Saudiya Arabistoniga 203,3 ming nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga 128,8 ming nafar, Misrga 47,4 ming nafar, Quvaytga 35 ming nafar va Koreya Respublikasiga 23,9 ming nafar o‘zbekistonlik safar qilgan. Qolgan davlatlarga esa jami 184,4 ming nafar fuqaro tashrif buyurgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Avtobusda xalqaro sayohat: Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Xitoyga yangi yoʻnalishlar ochilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek