Yevropa Ittifoqi PFAS moddasini iste’mol mahsulotlari tarkibidan chiqarmoqchi
Yevropa Ittifoqi iste’mol mahsulotlarida PFAS (Perfluoroalkyl va Polyfluoroalkyl Substances, ya’ni abadiy kimyoviy moddalar)ni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu moddalar atrof-muhitda parchalanmaydi, ammo ekotizimlar, ichimlik suvi va inson organizmida to‘planishi mumkin.
PFAS kosmetika, non-stick idishlar, samolyotlar va shamol turbinalarida ishlatiladi, chunki ular yuqori harorat va korroziyaga chidamli. Yevropa Komissiyasi atrof-muhit bo‘yicha rahbari Jessika Roswall bu taqiq iste’mol mahsulotlariga qaratilganini ta’kidladi. Biroq sanoat uchun ba’zi istisnolar kiritilishi mumkin, masalan, yashil texnologiyalar va astma inhalerlari uchun.
Yevropadagi kompaniyalar PFAS bilan bog‘liq sud ishlaridan xavotirda, chunki bu moddalar sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonga 18 kg.dan ziyod sintetik giyohvandlik moddasi olib kirilishi fosh etilgan edi.