Tramp Jo Baydenning 78 ta qarorini bekor qildi
AQSh prezidentligi lavozimiga kirishgan Donald Tramp bir necha farmonlarni imzoladi va yangi lavozimdagi birinchi mitingida nutq qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
«Amerika yana buyuk bo‘lishi uchun Xudo meni saqlab qoldi», – dedi Tramp tarafdorlari oldida nutq so‘zlar ekan. Shuningdek, u o‘zining asosiy vazifasi sifatida «Amerikaning oltin asri»ni tiklashni ko‘rishini ta’kidladi.
Miting davomida Tramp to‘qqizta farmonni imzoladi. Ularning biri bo‘yicha AQSh Parij iqlim bitimidan chiqishga qaror qildi, bu bitim karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan choralarni tartibga soladi. Shuningdek, davlat rahbari o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenning 78 ta qarorini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida qasamyod qilgani haqida yozgan edik.