Sotuvchilar uchun penya to‘lash majburiyati kiritilmoqda
eʼlon qilindi
Yetkazib berish qiymati ham belgilandi
Endi sotuvchi iste’molchiga shartnomada belgilangan muddatlarda tovarni yetkazib bermagan taqdirda, penya to‘lash majburiyati joriy etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarning bahosining 100 foizidan oshmasligi belgilangan.
Qonun loyihasida agar sotuvchi tovarlarni kechiktirib yuborsa, u majburiyatni buzgan tomon sifatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod bo‘lmaydi. Biroq agar kechikish iste’molchining aybi bilan yuzaga kelsa, sotuvchi penya to‘lashdan ozod qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilingan edi.