«E-yaylov» elektron xaritasi ishlab chiqiladi

eʼlon qilindi
Unda chorvachilik, qishloq xo‘jaligi yoki geologik hududlar ro‘yxatga olinadi
Foto: Pexels.com

Shavkat Mirziyoyev parrandachilikni rivojlantirish va yaylovlardan samarali foydalanish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yilda 1 mln tonna parranda go‘shti va 10,5 mlrd tuxum yetishtirish, eksportni ikki baravar oshirib, $180 mlnga yetkazish maqsadlari belgilandi.

Shuningdek, parrandachilikda yangi loyihalar, ayniqsa, go‘sht yo‘nalishidagi parrandaning 1-tartibli genetikasini tashkil etish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda tuxumchilikni rivojlantirish va kooperatsiya asosida Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi tajribalarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Yaylovlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tarkibiga o‘tkazish taklif qilindi. «E-yaylov» elektron xaritasi yaratiladi va har bir yaylov hududi shu tizimga kiritiladi. Bu xaritada chorvachilik, qishloq xo‘jaligi yoki geologik maqsadlar uchun ajratilgan hududlar aniq ko‘rsatiladi.

Yaylovlardan samarali foydalanishni oshirish uchun yangi raqamli tizimlar joriy etilishi, yaylov xo‘jaliklarini tashkil etish va 500 ming gektar yaylovda 1 mln bosh qo‘yni boqish bo‘yicha namunaviy loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sotuvchilar uchun penya to‘lash majburiyati kiritilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek