Turkiyadagi chang‘i kurortida yuz bergan yong‘in 76 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘nlab kishilar shikastlandi
Foto: Reuters / Murat Sezer

21-yanvar kuni Turkiyaning Bolu tog‘larida joylashgan Kartalkaya chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 76 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi, deb xabar beradi Reuters.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in soat 3:30 atrofida mehmonxonaning oshxona qavatida boshlangan va tezda butun binoga tarqalgan. Qo‘rqib ketgan mehmonlar derazalardan sakrashga majbur bo‘lishgan, ba’zilar esa yostiq va to‘shaklar yordamida pastga tushishga urinib halok bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda mehmonxonada 238 nafar mehmon bo‘lgan.

Foto: Reuters/Murat Sezer

Politsiya voqea yuzasidan tergov boshladi va to‘qqiz nafar shaxsni hibsga oldi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an voqeani milliy motam kuni deb e’lon qildi. Tergov davom etmoqda va yong‘inning sababi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtofiribgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada qo‘lga olingan edi.

Shuningdek