TON Telegram’ning eksklyuziv blokcheyn hamkoriga aylanadi

eʼlon qilindi
Pavel Durovning ma’lum qilishicha
Foto: LinkedIn

Telegram messenjeri kriptovalyutalar bilan bog‘liq siyosatini standartlashtiradi. Yagona hamkor TON Foundation kompaniyasi bo‘ladi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

«TON Foundation bilan Telegram uchun TONni eksklyuziv blokcheyn hamkori qilishga kelishib oldik. TON bizning blokcheyn infratuzilmasiga aylanadi», – deb yozdi Durov o‘zining Telegram kanalida.

Shuningdek, u standartlashtirish Telegram foydalanuvchilari uchun foydali bo‘lishini va bu platformaga firibgarlik holatlari bilan kurashishda yordam berishini qo‘shimcha qildi.

Shu tarzda Toncoin Telegram xizmatlarining yagona kriptovalyutasiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagramda Reels videolarining maksimal davomiyligi uch daqiqagacha uzaytirilgan edi.

Shuningdek