Timur Kapadze futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqib, mutaxassislar va murabbiylar kengashining tavsiyalarini tahlil qildi. Kapadze uzoq yillar davomida milliy terma jamoa safida to‘p surgan, bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis sifatida tanlandi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan. Hozirda milliy jamoa Qatarda yig‘in o‘tkazmoqda va Kapadze boshqaruvni qo‘lga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Srechko Katanes Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgani haqida yozgan edik.