O‘zbekistonda «Yashil belgi» ekologik markirovkalash tizimi joriy qilinadi

eʼlon qilindi
ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq
Foto: Ekologiya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni ekologik markirovkalash uchun yagona ixtiyoriy tizim – «Yashil belgi» joriy qilinadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu tizim ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan yangi tizim ekologik markirovka standartlariga muvofiq mahsulotlarning ekomarkirovkalashini ta’minlaydi.

Ekomarkirovka tizimi mahsulotlar va xizmatlarni ekologik jihatdan afzal qilishni, atrof-muhitga kam ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarni ajratishni ko‘zda tutadi. Tizim, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini ta’minlashni maqsad qiladi.

Markirovka belgilari faqat sertifikatlangan mahsulotlar uchun ishlatiladi. Sertifikatlash jarayoni ixtiyoriy bo‘lib, tadbirkorlar shartnoma asosida ekologik markirovkalash organiga murojaat qilishlari mumkin. Yangi tizim, shuningdek, mahsulotlarning butun hayotiy davrini ko‘rib chiqishni ta’minlab, shaffoflik va tushunarlilikni kafolatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IUCN yangi lavozim uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Shuningdek