Toshkentda Rossiya va Ozarbayjon fuqarolari tovlamachilikda gumonlanib qoʻlga olindi

eʼlon qilindi
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Bermix Studio / Unsplash

Toshkentda Rossiya va Ozarbayjon fuqarolari tovlamachilikda gumonlanib, qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning xatti-harakatlaridan poytaxtning Bektemir tumanidagi bozorda savdo bilan shugʻullangan ozarbayjonlik tadbirkor jabrlandi.

U Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga Rossiya fuqarosi bilan nizolashib qolgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Rossiyalikning soʻzlariga koʻra, tadbirkor uni haqorat qilgan va buning uchun $5 ming toʻlashi kerak boʻlgan.

Shuningdek, Rossiya fuqarosi tadbirkorga bosim oʻtkazishda yordam berish uchun boshqa bir Ozarbayjon fuqarosini tovlamachilikka jalb qilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, uch kishi qoʻlga olindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Salim Abduvaliyev (Salimboy) Qirgʻiziston janubini nazorat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek