2024-yilda ipoteka kreditlari soni deyarli 10 mingtaga qisqardi
O‘tgan yil davomida jami 58,9 ming nafar aholiga 17,1 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri 5,57 trln so‘m bilan eng ko‘p ajratilgan hududlar kesimida yetakchi bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda esa Farg‘ona va Samarqand viloyatlari bo‘lib, ushbu ikkala hudud aholisiga salkam 1,4 trln so‘mdan ipoteka kreditlari ajratilgan. Ularning asosiy yosh qatlami 31 – 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bo‘lib, umumiy miqdorning 68% qismini tashkil etadi. Ipoteka krediti ajratilgan fuqarolarimizning 63% qismi erkaklarni, 37% qismi esa xotin-qizlarni tashkil etgan.
Solishtirish uchun, 2023-yilda 68 ming nafardan ortiq aholiga 16,9 trln so‘m ipoteka krediti ajratilgan. Unda ham Toshkent shahri hamda Farg‘ona viloyati hududlar kesimida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lib, poytaxt aholisiga jami 5 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyatiga esa 1,3 trln so‘m ipoteka krediti rasmiylashtirilgan. Uchinchi o‘rinni 1,2 trln so‘mdagi miqdor bilan Toshkent viloyati band etgan. Yosh ko‘rsatkichi ham o‘zgarish katta emas – 69%.
Eslatib otamiz, avvalroq 2025-yilda kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion soʻm kredit ajratilishi haqida yozgan edik.