Tramp transgender ayollarni erkaklar qamoqxonasiga joylashtirishni buyurdi
AQSh prezidenti Donald Tramp transgender ayollarni faqat erkaklar qamoqxonasiga joylashtirishni buyurdi. Bu haqda EuroAsia Daily axborot agentligi ma’lum qildi.
Qamoqxonalar byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 1500 ga yaqin transgender ayollar federal qamoqxonalarda saqlanmoqda. Trampning bu qarori uning prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlarida chiqarilgan va hukumat tomonidan insonning jinsini faqat tug‘ilishdagi jinsiga qarab belgilashni maqsad qilgan keng qamrovli buyrug‘ining bir qismi sifatida e’lon qilingan.
Transgenderlar va qamoqxona huquqlari himoyachilari bu qarorni tanqid qilib, uni transgender mahbuslar uchun xavfli deb hisoblamoqda. Ular bu siyosat zo‘rlash va jismoniy tajovuzlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, Tramp AQShda faqat erkak va ayol jinsini tan olishga oid farmon chiqarib, LGBT bayrog‘ini davlat binolarida osib qo‘yishni taqiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sudi Trampning tug‘ma fuqarolikni cheklash haqidagi farmoyishini vaqtincha bloklagan edi.