«Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumi 1-fevralda boshlanadi
eʼlon qilindi
Natija 21-martda e’lon qilinadi
2025-yilgi «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi va 20-martga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra loyiha kiritish bosqichi 1 – 20-fevralda, saralash bosqichi 21-fevral – 7-martda, targ‘ibot bosqichi 8 – 10-martda, ovoz berish bosqichi esa 11 – 20-martda o‘tkaziladi.
G‘oliblar 21-mart kuni Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mobil aloqa operatorlariga aksiz solig‘i bekor qilinishi haqida yozgan edik.