Buyuk Britaniya to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

eʼlon qilindi
Asosan marketing, texnologiya va xayriya sohalarida
Foto: Shutterstock

Buyuk Britaniyada ikki yuzta kompaniya barcha xodimlari uchun maosh kamaytirilmagan holda to‘rt kunlik ish haftasini joriy etdi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu tashabbus jami 5 mingdan ortiq ishchilarni qamrab oladi. Bu o‘zgarish asosan marketing, texnologiya va xayriya sohalarida keng qo‘llanmoqda.

Tashabbus tarafdorlari besh kunlik ish tartibini eskirgan deb hisoblashadi. «9 dan 5 gacha, besh kunlik ish haftasi bundan 100-yil oldin o‘ylab topilgan va zamonaviy hayotga mos emas», deydi «4 kunlik hafta» jamg‘armasi direktori Jo Rayl.

To‘rt kunlik hafta nafaqat xodimlarning baxtli va mazmunli hayot kechirishlariga, balki unumdorlikni oshirishga ham yordam beradi. Ayni paytda bu siyosat ishchilarning kompaniyalarga sodiqligini oshirishning samarali usuli sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur tashabbus pandemiyadan keyin ish muhitida o‘zgarishlar yuzaga kelgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Biroq AQShdagi JPMorgan Chase va Amazon kabi kompaniyalar hali ham an’anaviy besh kunlik ish haftasini saqlab qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini qoʻllab-quvvatlagan edi.

Shuningdek