2024-yilda UzAirways’ning sof daromadi 725 mlrd so‘mni tashkil qildi
2024-yilda Uzbekistan Airways’ning sof daromadi 725 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Tadbirda kompaniyaning 2024-yildagi umumiy daromadi 18,2 trln so‘mga yetgani qayd etildi. Kompaniyaning moliya va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Alisher Sattarovning ta’kidlashicha, 2024-yilda UzAirways foydalanuvchilar soni ikki baravarga oshgan.
«Bu aynan kompaniya daromadiga sezilari darajada ta’sir ko‘rsatdi. 2025-yilda biz daromadni 20 trln so‘mga yetishini taxmin qilyapmiz, sof daromad esa 800 mlrd so‘mdan oshadi», – deydi Alisher Sattarov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzairways aviakompaniyasi 30 foiz chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.