Prezident elektr tannarxini pasaytirish bo‘yicha vazifa berdi

eʼlon qilindi
Energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ham
Foto: Pexels.com

Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini 2025 – 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda sohani barqaror rivojlantirish va kelgusi talablarga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Oxirgi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, xususiy sektor ulushi 24 foizga yetdi. 2030-yilga kelib aholi sonining 41 mlnga yetishi va iqtisodiyotning 1,5 barobar o‘sishi kutilmoqda. Bu esa 117 mlrd kilovatt soat elektr talab qiladi, bu hozirgidan 1,7 barobar ko‘pdir.

Yig‘ilishda yangi elektr stansiyalarini barpo etish, 7 ming km magistral tarmoqlar qurish va energiya ta’minotini raqamlashtirish rejalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, «yashil» energiya ulushini 2030-yilgacha 50 foizdan oshirish maqsad qilingan.

Elektr tannarxini pasaytirish, energiya tejamkorligini oshirish va yo‘qotishlarni 8-9 foizgacha kamaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bundan tashqari, xorijiy investorlar bilan 24 gigavattli loyihalar bo‘yicha $26 mlrdlik ishlar boshlangan.

Prezident mutasaddilarga barcha masalalarni inobatga olib, elektr energetikasi sohasini 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha batafsil dastur tayyorlash topshirig‘ini berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kambag‘al oilalar reyestri»ga pul mablag‘i bilan yordam berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek