O‘zbekistonga sovuq ob-havo yaqinlashmoqda
29-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududida qishning sovuq nafasi sezila boshlaydi. Respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va tuman tushishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi esa 0-2° iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq bo‘lsa, kunduzi 3° sovuqdan 2° iliqqacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va tongda qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi.
Markaziy hududlar – Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida qor yog‘ishi ehtimoli bor. Kechasi 0-5° sovuq bo‘lib, kunduzi 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 0-5° iliq atrofida bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida kechga tomon yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi 0-5° sovuq bo‘lsa, kunduzi 0-5° iliqqacha isiydi.
Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq atrofida saqlanadi.
Shamol, asosan, g‘arbiy yo‘nalishda 5-14 m/s tezlikda esadi.