Tesla Gigafactory zavodida «Kibertunnel»ni ochdi
eʼlon qilindi
Tunnel Cybertruck va boshqa transport vositalarini zavoddan tez va xavfsiz tarzda tashish uchun mo‘ljallangan
Tesla o‘zining Texas shtatidagi Gigafactory zavodida «Kibertunnel» (Cybertunnel) deb nomlangan yangi tunnelni ochdi. Tunnelni qurish ishlariga The Boring Company kompaniyasi hissa qo‘shdi, ular qurilishni o‘tgan yilning mart oyida boshlagan edi. Bu haqda The Boring Company ma’lum qildi.
Tunnelning tashqi ko‘rinishi Cybertruck’ning zanglamaydigan po‘latdan yasalgan noyob dizayniga moslashtirilgan. Buning uchun Tesla tunnel chiqish joyiga metall panellarni o‘rnatdi.
Tunnel taxminan 30 metr chuqurlikda joylashgan bo’lib, u Cybertruck va boshqa transport vositalarini zavoddan tez va xavfsiz tarzda tashish uchun mo‘ljallangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla Model Y Juniper Xitoyda sotuvga chiqarilgani haqida xabar bergan edi.