Soʻmdagi eng daromadli omonatlarni qaysi banklar taklif qilmoqda
2025-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan 36 ta bankdan 27 tasida soʻmda omonat joylashtirish imkoniyati bor. Aksariyat banklar omonat muddatini 6 oydan 24 oygacha taklif qilsa, ayrimlarida uzoqroq vaqtga yoki umuman muddatsiz tariflar ham mavjud.
Foiz stavkalari Markaziy bankning asosiy stavkasidan (13,5 foiz) boshlanib, eng yuqori koʻrsatkichi 27 foizgacha belgilangan. Bank mobil ilovasi orqali omonat ochishda foiz stavkasi 1−2 foiz yuqoriroq boʻladi. Buni raqamlashtirishga oʻtish bilan izohlash mumkin.
Minimal omonat summasi bank va omonat turiga qarab farqlanadi. Aksariyat banklarda onlayn omonatlar uchun minimal miqdor 100 ming soʻm, oflayn omonatlar uchun esa 1 mln soʻm etib belgilangan.
Koʻplab banklarda omonatni toʻldirish va qisman yechib olish imkoniyati mavjud. Lekin aksariyatida omonat belgilangan muddatdan ertaroq yopilsa, foiz stavkasi kamayadi.
Shuningdek, «Asia Alliance bank», «Xalq bank», «Turon bank» kabi banklar tomonida balogʻat yoshiga yetmagan bolalar uchun omonat rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Bunda foiz stavkalari nisbatan kamroq, lekin muddati ancha uzoqroq etib belgilangan.
Omonatlar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar banklarning rasmiy veb-saytlari va call-markazlari orqali olindi. Batafsil maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yuqorida taqdim etilgan axborot nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtokreditlarni qaysi banklardan qulay shartlarda olish haqida maqola tayyorlagan edi.