Endi tergov jarayonida shaxs huquqlariga rioya etilishi nazorat qilinadi

eʼlon qilindi
Tergov sudyasi tomonidan
Foto: hio.org

Yangi qabul qilingan qonun bilan tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini yanada ishonchli himoya qilishga oid o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endilikda tergov sudyasi sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni nazorat qilish vakolatiga ega bo‘ladi.

Tergov jarayonida shaxs huquqlariga rioya etilishi tergov sudyasi tomonidan nazorat qilinadi. Shu bilan birga, tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitish, mol-mulkni xatlash bo‘yicha iltimosnomalarni ko‘rib chiqish tartibi aniq belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda insofsiz ijrochilar reyestri shakllantirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek