Ilon Mask Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi
eʼlon qilindi
Biroq u bu mukofotga qiziqmasligini bildirdi
Ilon Mask 2025-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilganidan so‘ng unga hech qanday mukofot kerak emasligini aytdi. Bu haqda RBK nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Maskni Yevropa Parlamenti deputati Branko Grims «so‘z erkinligini himoya qilgani» uchun mukofotga tavsiya etgan edi. Norvegiya Nobel qo‘mitasi har yili yuzlab nomzodlar orasidan g‘olibni tanlaydi, ammo Mask bu mukofotga qiziqmasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti kimga berilgani haqida yozgan edik.