Suriya milliy ramzlarini yangilamoqda

eʼlon qilindi
3-4 oy ichida loyihani yakunlash rejalashtirmoqda
Foto: maskalanam@gmail.com / depositphotos.com

Asad hukumati faoliyatini to‘xtatganidan keyin Suriyani qayta tiklash doirasida milliy gerb, pasport va rasmiy hujjatlar dizayni yangilanmoqda. Ushbu tashabbus brending va marketing bo‘yicha mutaxassis Muhammad Selvaye boshchiligidagi 50 nafar ko‘ngillidan iborat guruhga topshirildi.

Loyiha Facebookʼdagi «Suriyaga yangi oʻziga xoslik kerak» degan post ortidan boshlangan boʻlib, hukumat bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi. Dizaynerlarning maqsadi faqat tashqi koʻrinishni yangilash emas, balki mamlakatning tarixiy merosi va milliy qadriyatlarini aks ettirishdir.

Jamoa tarkibida tarixchilar, tadqiqotchilar va olimlar ham bor. Ular 3-4 oy ichida loyihani yakunlashni rejalashtirmoqda. Maxfiylikni ta’minlash maqsadida ishtirokchilar maxsus kelishuv imzolagan.

Selvayening ta’kidlashicha, bu jarayon Suriyaga yangi oʻziga xoslik berish va xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash uchun muhim qadamdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Suriya davlat xizmatchilarining maoshini 400 foizga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek