Vashingtonda yo‘lovchi samolyot vertolyot bilan to‘qnashdi
Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) ma’lumotiga koʻra, PSA Airlines aviakompaniyasining CRJ700 yoʻlovchi samolyoti Vashingtonga qoʻnish chogʻida Sikorsky H-60 vertolyoti bilan toʻqnashdi. Samolyot American Airlines reysi boʻlib, u Kanzas shtatining Vichita shahridan yoʻlga chiqqan bo‘lgan.
Hodisa sodir boʻlgach aeroport barcha reyslarni vaqtincha toʻxtatdi. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ish olib bormoqda. Milliy transport xavfsizligi boshqarmasi qoʻshimcha ma’lumotlarni yigʻmoqda. American Airlines veb-saytiga ko‘ra, samolyot 65 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi.
Associated Press xabariga koʻra, fojia mahalliy vaqt bilan 20:48 da yuz bergan. Kuzatuv kameralarida havoda yorqin chaqnash aks etgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot aniqlashtirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyadagi aviahalokat yuzasidan Jeju Air tergovga tortilgani haqida xabar bergan edi.