Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali sotish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Ushbu nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi
Foto: Maksymiv / depositphotos.com

27-yanvar kuni Adliya vazirligida «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va hisobga olish tartibi» toʻgʻrisidagi nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini shifokor retsepti asosida quyidagi shaxslar tomonidan berish mumkin:

  • dorixona mudiri;
  • farmatsevt (provizor);
  • dorixona farmatsevti assistenti.

Giyohvandlik vositalari maxsus pushti retsept blankasi orqali sotiladi. Davolash muassasalariga ushbu blankalar Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etiladi.

Shifokor retseptida faqat bitta giyohvandlik vositasi yozilishi va miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshmasligi lozim. Retseptlar dorixonadagi maxsus xonada besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.

Giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi shart, boʻlimlarda esa uch kunlik ehtiyoj bilan cheklanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek