«Asia Invest bank» SWIFT’dan uzilmaydi
«Asia Invest bank» Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushishi va SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilishi haqidagi xabarlarni o‘z rasmiy sahifasida bildirgan munosabati orqali rad etdi.
Unga ko‘ra, bank o‘z faoliyatini odatiy tarzda davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Shuninhdek, Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalari haqidagi xabarlar tasdiqlanmagan va rasmiy maqomga ega emas deb baholandi. «Asia Invest bank» shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga amal qilgan holda ish olib borayotganini ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqi fevral oyida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi tayyorlanayotganini ma’lum qilgan. Ammo bu paketda «Asia Invest bank»ga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi haqida rasmiy tasdiq yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yettita bank United Ventures venchur fondini tashkil etgani haqida yozgan edik.