Tramp BRIKS’ning dollardan voz kechishiga qanday javob berishini aytdi

eʼlon qilindi
100 foizlik bojlar bilan jazolanishi haqida keskin bayonot berdi
Foto: Interfax.com

AQSh prezidenti Donald Tramp BRIKS mamlakatlarining xalqaro savdoda AQSh dollaridan uzoqlashish harakatlarini qattiq tanqid qildi. U oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida BRIKS davlatlari AQSh dollariga muqobil valyuta yaratish fikridan voz kechishi yoki 100 foizlik bojlar bilan jazolanishi haqida keskin bayonot berdi.

«BRIKS mamlakatlari dollardan uzoqlashishga harakat qilmoqda, biz esa buni diqqat bilan kuzatyapmiz. Biz dushmanona koʻrinayotgan bu davlatlardan yangi BRIKS valyutasini yaratmaslik, qudratli AQSh dollarini almashtirish uchun boshqa valyutani qoʻllab-quvvatlamaslik boʻyicha majburiyat olishlarini talab qilamiz. Aks holda ular 100 foiz bojlar bilan yuzlashadi va Amerika bozoridan mahrum boʻladi», – dedi Tramp.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSh dollarini xalqaro savdoda BRIKS valyutasi bilan almashtirish ehtimoli yoʻq va bu yoʻlda harakat qilgan har qanday davlat AQShning iqtisodiy sanksiyalariga duch keladi.

Eslatib oʻtamiz, oldin ham Tramp BRIKS davlatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy etish bilan tahdid qilgan edi. U AQSh hududida faoliyat yurituvchi BRIKS korxonalariga nisbatan qattiq iqtisodiy choralarga borishini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BRICS mustaqil toʻlov tizimini yaratish haqida oʻylayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek